12 октября 2025 г.
4,000,000 so'm

“Pixel Derby” – futbol va e-sportni birlashtiruvchi EA FC 24 (sobiq FIFA) o‘yiniga asoslangan yirik turnir. 1v1 formatda o‘tkaziladigan ushbu musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining texnikasi, strategiyasi va futbol sezgisiga tayangan holda raqiblarni ortda qoldiradi.
O‘yinlar knockout (mag‘lub – chiqadi) tizimida o‘tkaziladi, final bosqich esa katta ekranli studiyada tomoshabinlar oldida tashkil etiladi. G‘olib o‘yinchi nafaqat pul mukofoti, balki yangi PS5 konsoliga ega bo‘ladi.
